Apple iPhone7’ni vertolyotdan tashlab ko‘rishdi (Video)

Apple iPhone7’ni vertolyotdan tashlab ko‘rishdi (Video)

Har bir Apple smartfonini muxlislar va bir qator bloggerlar turli sinovlarga duchor qilishadi. Smartfonlar yildan-yilga turli ko‘rinishdagi testlar bilan sinalmoqda: ularni bukishadi, bolg‘i bilan barqarorligini tekshirishadi, muzlatishadi yoki turli suyuqliklarga solib sinashadi. O‘tgan hafta iPhone7 modelini pichoq bilan qirib, uning korpus sifatini tekshirib ko‘rishgan edi. Endi esa telefonni vertolyotdan tashlab ko‘rishdi. Afsuski, muallif Apple iPhone7 necha metr balandlikdan tashlanganiga izoh bermagan. Ammo, balandlik yetarli darajada yuqori bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas.

Smartfonni tepadan tashlashdan avval muallif uning kamerasini faollashtirgan, natijada kamera yer bilan “uchrashish” onlarini telefonda muhrlagan. Telefon tushish zarbasini kamaytirishga xizmat qilgan o‘t ustiga tushgan, biroq qurilmaning ekrani baribir chatnagan. Shunday bo‘lsa-da, Apple iPhone7 ishlash xususiyatini yo‘qotmagan va videoni yozib olishda davom etgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.