Apple jarimaga tortilishi mumkin

Apple jarimaga tortilishi mumkin

Apple kompaniyasi jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Fransiyadagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish guruhida Apple'ga qarshi da’vo qilindi va bu masala bo‘yicha bugun hukm chiqarilishi kerak.

Fransuz mahkamasi Apple kompaniyasini Fransiya antimonopol qoidalarini buzgan holda mahsulotlarni sotishda ayblamoqda. Hozircha, kompaniya aynan nima bilan ayblanayotgani noma’lum. Agar Apple qonunni buzganlikda aybdor deb topilsa, jarima miqdori qancha bo‘lishi ham aniq emas. Tabiiyki, Kupertino konserni barcha ayblovlarni inkor etmoqda.

Avvalroq, Fransiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idorasi Apple'ni qurilmalar ishida susayish haqida foydalanuvchilarga xabar bermaganlikda ayblab, unga 25 million yevro jarima solgan edi. Bundan tashqari, fransuz amaldorlari Google'ni noaniq reklama qoidalaridan foydalanishda aybdor deb topishgan va unga 150 million yevro miqdorida jarima solgan edi.

Fransiyada Apple'ga qarshi ish 16 mart kuni ko‘rib chiqiladi. Bugun kompaniya tomonidan qanday shartlar va qoidalar buzilganligi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin.

O‘QING: iPhone 12’larda bosh kamera moduli – Redmi K30’da qo‘llangan datchik!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!