Apple keyingi taqdimotni mart oyida o‘tkazadi

Apple keyingi taqdimotni mart oyida o‘tkazadi

Amerikaning mashhur brendi Apple kelasi yilning mart oyiga rejalashtirgan taqdimotga tayyorgarlikni boshladi, deb yozadi internet tarmog‘idagi bir necha axborot manbalari.

Jumladan, 9to5Mac nashrining yozishicha, mazkur taqdimot marosimida kompaniya 4-dyuymli iPhone, shuningdek, Apple Watch`ning ikkinchi avlodini namoyish etadi. Tahlilchilar smartfon bahosi 400-500 dollar atrofida bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Unga hozirda iPhone 6s va 6s Plus smartfonlarida qo‘llanilayotgan Apple A9 protsessori o‘rnatiladi va gadjet “kuchaytirilgan iPhone 5s”ga aylanadi.

Apple Watch`ning ikkinchi avlodi esa kelasi yilning aprel oyida sotuvga chiqariladi. Qurilma smartfonning Wi-Fi texnologiyasidan mustaqil bo‘ladi, kamera orqali videoqo‘ng‘iroqlar esa FaceTime xizmati ko‘magida amalga oshiriladi. Shuningdek, unda organizm holatini baholovchi datchiklar va uyg‘otuvchi dasturlar ham mavjud.

Apple o‘tgan yili taqdimot marosimini mart oyida o‘tkazgandi. O‘shanda kompaniya ikkinchi bor Apple Watch`ni namoyish etgan va MacBook`ni jamoatchilikka taqdim qilgandi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!