Apple keyingi yildan Samsung bilan hamkorlik qiladi!

Apple keyingi yildan Samsung bilan hamkorlik qiladi!

Samsung va nihoyat Apple'ni Y-OCTA LED panellaridan foydalanishga ishontira olgan ko‘rinadi. 

O‘tgan yili, 2019 yilgi iPhonelarga Samsung'ning OLED panellari qo‘yilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, lekin negadir bundan bo‘lmadi. Endi esa ETNews xabariga ko‘ra, Samsung 5.4 va 6.7" displeyli iPhone'lar uchun eksklyuziv OLED panellarini yetkazib beradi.

Y-OCTA texnologiyasidai OLED panellarning o‘zida sensor bo‘ladi, shuning uchun alohida sensor qatlami talab qilimaydi. Bu esa, o‘z navbatida, displey panelini ingichkalashtiradi va ishlab chiqarish narxlarini arzonlashtiradi.ETNews xabariga ko‘ra, Apple talab qilgan miqdordagi panellarni ta’minlab bera oladigan yagona kompaniya Samsung'dir. Aslida, kelishuv ilgariroq amalga oshmaganligining sababi daromad bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin - 2018 yilgi iPhone'larda ham Y-OCTA ishlatilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo Kupertinodagilar bundan keladigan daromaddan mamnun bo‘lmaganligi sababli shartnoma imzolanmagandi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Apple keyingi yili ikkita: 4,7" LCD panelli iPhone SE 2 va 6,1" OLED panelli iPhone 12 (Pro'si emas) smartfonini taqdim qiladi.

Apple iPhone 12 (Pro emas) uchun OLED panellarini Samsung va LG'dan oladi.

Samsung'ning o‘zi Galaxy Note 7'dan boshlab Y-OCTA panellarini o‘z telefonlarida ishlatib kelmoqda. Shuningdek, Galaxy S8'ga ham Y-OCTA panel o‘rnatilgan, biroq S8+ da eski panellardan foydalanilgan.

O‘QING: DIQQAT: Yap-yangi iPhone’ni ham do‘konning o‘zidayoq qadog‘ini ochib tekshirib oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!