Apple kompaniyasi App Store`ni dasturchilar uchun bir haftaga yopadi

Apple kompaniyasi App Store`ni dasturchilar uchun bir haftaga yopadi

AppleInsider saytida yozilishicha, o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishda App Store ilovasidan foydalanuvchi iTunes Connect resursi 22 dekabrdan 29 dekabrgacha yopiladi. Bu vaqtda dasturchilar yangi ilovalar, o‘yinlar va boshqa dasturlarni yubora olmaydi.

«App Store`ga eng hayajonli mavsum kirib keldi. Ishoning, sizning ilovalarningiz yangilanadi va qishki ta’tilga tayyor bo‘ladi. Ilova hamda yangilanishlar 22 dekabrdan 29 dekabrgacha qabul qilinmaydi”— deyiladi Apple kompaniyasi axborotida.

Ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotlar App Stor`da aks etishidan avval ma’qullash uchun yuborilgan, tasdiqlangan va rejalashtirilgan bo‘lishi lozimligini eslatmoqda. iTunes Connect`ning qolgan xizmatlari ochiq bo‘ladi. Foydalanuvchilar esa App Store`dan oddiy rejimda foydalanishlari mumkin.

Kompaniya murojaatning yakunida dasturchilarga minnatdorlik bildirib, ularning mehnatlari sabab App Store`dagi yuklashlar soni 100 milliardga yetganini e’tirof etadi. Firma magazinida sotilgan ilovalardan tushgan foyda, o‘tgan yil bilan solishtirilganda, 25 % foizga, shartnomalar esa 18 % foizga oshgan va bu rekord natijadir.

Qayd etish kerakki, Apple har yili dekabrning so‘ngi kunlarida hamkorlari va xizmatchilarining ta’tili ko‘ngildagidek o‘tishi uchun iTunes Connect resursini yopib qo‘yadi. Chunki Amerikaliklarning Rodjestvo bayrami aynan shu kunlarda (24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi) nishonladi.