Apple kompaniyasi iPhone telefonini himoyalovchi mexanizm ixtirosini patentladi

Apple kompaniyasi iPhone telefonini himoyalovchi mexanizm ixtirosini patentladi

Mashhur Apple bredni iPhone yerga tushib ketganda ekranni himoyalovchi maxsus mexanizm uchun patent oldi, deb xabar berdi AQSh patentlar byurosi rasmiy sayti.

Loyihaga ko‘ra, smartfon yuzasiga maxsus jajji yig‘ma “oyoqchalar” o‘rnatiladi. Yerga qulash chog‘ida ular avtomatik tarzda ochiladi va apparat ekranini asrab qoladi.

Texnologiya iPhone`ning keyingi “avlodlari”da qo‘llaniladimi-yo‘qmi, hozircha bunga aniqlik kiritilmagan. Chunki mazkur ixtiro ham smartfonni ekstremal holatda to‘liq himoyalay olmaydi.

Business Insider nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi faqat marketing maqsadlarini ko‘zlagan holda mazkur loyihada qatnashgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.