Apple mobil qurilmalarining 87 foiziga iOS 10 o‘rnatilgan

Apple mobil qurilmalarining 87 foiziga iOS 10 o‘rnatilgan

Apple kompaniyasi o‘zining dasturchilar uchun mo‘ljallangan rasmiy saytida iOS mobil platformasining ommabop versiyalari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

2017 yil 28 iyul holatiga ko‘ra, App Store onlayn-do‘koniga kirgan Apple mobil qurilmalarining 87 foizi yangi iOS 10 boshqaruvi ostida ishlagan.

Ayni vaqtda, barcha iPhone, iPad va iPod Touch’larning 10 foizi iOS 9 da, qolgan 3 foizi esa iOS’ning undan-da eskiroq versiyalarida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

iOS 10’ning taqdimoti 2016 yil 13 sentyabrida bo‘lib o‘tgan edi. Versiya endi chiqarilgan vaqtda foydalanuvchilar ba’zi noqulayliklar duch kelgan, biroq Apple tezda muammolarni bartaraf etgan.

Taqqoslash uchun, 2016 yil avgustida chiqarilgan Android’ning so‘nggi versiyasi — Android Nougat hozirda Android-qurilmalarning faqat 11,5 foizini qamrab ololgan, xolos.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!