Apple monitor ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Apple monitor ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Macbook Pro taqdimotida Apple LG tomonidan tayyorlangan 5K formatidagi monitorga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu monitorning texnik ko‘rsatkichlari haqida saytimizda ma’lumot bergan edik.

Akket nashrining yozishicha, Kupertino giganti bundan buyon monitor ishlab chiqarishni to‘xtatishgan qaror qilgan. Bunga sabab monitorlarning kam daromad keltirishi va ko‘p hollarda sarflangan xarajatlarni qoplamasligidir. Kompaniya endilikda Apple Thunderbolt Display qurilmalarini tayyorlamaydi, biroq avvalgi partiyadan qolgan mazkur monitorlarni Apple Store do‘konlaridan xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, kompaniya o‘z muxlislariga boshqa brendlarning kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lgan monitorlaridan foydalanishni tavsiya qilgan.

Hozircha Apple uchun LG Electronics’dan tashqari yana qaysi  firmalar monitor tayyorlashi haqida axborot berilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!