Apple’ning fazo kemasi parvozga deyarli tayyor (Video)

Apple’ning fazo kemasi parvozga deyarli tayyor (Video)

AQShlik gigant mana bir necha oylardan beri o‘zining fazo kemasini qurish bilan ovora. Fazo kemasi deganda kompaniya barpo qilayotgan yangi kampusni nazarda tutyapmiz. Axir, ushbu kampus o‘z dizayni va ko‘rinishi bilan fantastika kinolaridagi fazo kemasini yodga soladi.

Ikki yildan kamroq bo‘lgan vaqt mobaynida Apple pudratchilari haqiqatdan ham bag‘oyatda katta ishni amalga oshirdilar. Buni dronlar yordamida olingan videodan ham ko‘rish mumkin.

Yangi kampusning umumiy maydoni 260 000 kvadrat metrni tashkil qiladi, to‘rt qavatli bino ostida bir necha pog‘onali avtomobil turar-joylari ko‘zda tutilgan. Yangi quriladigan “fazo kemasi”da bir vaqtning o‘zida 14 000 dan ortiq xodim mehnat qilishi mumkin. Bundan tashqari, kampus atrofida ham bir nechta qo‘shimcha binolar qurilmoqda. Bunday binolarga, jumladan, ekologik jihatdan toza elektrostansiyani misol qilish mumkin.

Apple mazkur kampus qurilishiga 5 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. Loyiha shu yilning oxirida yakuniga yetkazilib, kompaniya yangi kampusga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Reyxstag binosining rekonstruksiyasi, IBM shtab-kvartirasi, Singapur oliy sudi binosi va bir qator boshqa ishlari bilan tanilgan britaniyalik arxitektor Norman Forter mazkur loyihaga mualliflik qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.