Apple’ning iPhone 8 sotish rejasi 95 mln donaga oshdi

Apple’ning iPhone 8 sotish rejasi 95 mln donaga oshdi

Osiyoning biznes, moliya-iqtisod yo‘nalishiga ixtisoslashgan nufuzli Nikkei nashrining ishonchli manbaaga asoslanib yozishicha, Apple kompaniyasi hozircha Samsung Electronics bilan juda katta miqdorda OLED matritsali ekrani sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Ayfon modelining 10 yilligi munosabati bilan chiqarilishi kutilayotgan iPhone 8’ning savdosidan Apple’ning umidi katta. Kelishuvga ko‘ra, Samsung 2017 yil oxirigacha o‘zining amerikalik raqibiga 95 mln dona OLED-panelli displey yetkazib berishi kerak. OLED panelli displeylar bugungacha ayfonda foydalanib kelingan IPS turidagi ekranga nisbatan yorqin va kam quvvat yeyishi Apple’ga ma’qul kelgan ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, hisob-kitoblarga ko‘ra, Apple korporatsiyasi 2016 yilda xalqaro smartfon bozoriga 50 million dona iPhone 7 sotishga ham muvaffaq bo‘lgan. iPhone 7 Plus esa bir yil orasida 25 million marotaba xarid qilingan. “Olma”ning 2018 yil davomida 100 million donaga yaqin ayfon sotishni ko‘zlayotgani, ekspertlarning fikricha, uning o‘ta ilg‘or mobil aloqa vositasini tayyorlayotganining belgisidir.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!