Apple`ning yangi smartfoni nomi fosh bo‘ldi

Apple`ning yangi smartfoni nomi fosh bo‘ldi

Insayderlar anons chiqquniga qadar Apple`ning yangi smartfoni nomini oshkor qildi. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan rasmda gadjet qutisidagi iPhone SE yozuvlarini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, iPhone smartfonlarining yangi avlodi raqamlanmaydi.

Shunday qilib, iPhone SE deng?

4-dyuymlik Apple smartfonlarining ikkita nomi taxmin qilinmoqda: iPhone 5e va iPhone SE. Gadjet qutisi markasida ikkinchi variant yozilgan.

O‘ramdan anglash mumkinki, Apple 16 GBlik iPhone`dan voz kechmagan. Bu avvalgi iPhone 7 smartfoni haqida tarqagan ma’lumotlarni shubxa ostida qoldirishi mumkin. Ma’lumki, yangi model joriy yilning sentyabr oyida taqdim etilishi, 4K kameraga va eng kamida 32 GBlik flesh-kartaga ega bo‘lishi haqida gap-so‘zlar tarqagandi.

iPhone SE smartfonida 3,5 mm.lik quloqchinlar uchun joy, Lightning-kabel va EarPods quloqchinlari bo‘ladi.

iPhone SE haqida nima bilamiz?

Elatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi A9 maxsus chipseti asosidagi yangi iPhone SE`ni ishlab chiqaradi. Smartfon 4 dyuymli Retina ekran, Touch ID barmoq skaneri va kontaktsiz operatsiyalarni yakunlash uchun NFC chip bilan ta’minlanadi.