Apple nufuziga daxldor yirik jinoyat fosh qilindi: kompaniya “ishonch”ni suiiste’mol qilgan bo‘lishi mumkin

Apple nufuziga daxldor yirik jinoyat fosh qilindi: kompaniya “ishonch”ni suiiste’mol qilgan bo‘lishi mumkin

Xitoy hukumati Apple qurilmalari foydalanuvchilarining ma’lumotlarini o‘g‘irlash va sotishda gumon qilinayotgan 22 kishini hibsga oldi. Bu to‘g‘rida mamlakatning Sina axborot resursi xabar tarqatmoqda.

Hibsga olinganlar Chjeszyan provinsiyasi politsiya mahkamasida so‘roq qilingan. Unga ko‘ra, ular Apple mahsulotlarini yetkazib berish va sotish bilan shug‘ullanuvchi marketing kompaniyasi xodimlari ekan. Politsiyaning guvohlik berishicha, ular “Olma” foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini sotib $7,3 mln dollar mablag‘ ishlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar amerikalik IT-gigantning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish hamda telefon raqamlari, foydalanuvchining shaxsiy, jumladan Apple ID hisob raqamlari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘lganlar.

Bu kabi ma’lumotlarning har biri uchun “qora bozor”da $1,50 dollardan 26 dollargacha to‘lashadi. Mazkur jinoyat ortidan qancha kishi jabrlangani, ularning faqat Xitoyda yoki tashqi bozorda sotilganiga oydinlik kiritilmoqda.

Apple o‘zini doimo foydalanuvchilarining axborot xavfsiziligi juda kuchli ta’minlagan jahondagi yetakchi kompaniya, deb hisoblab keladi. Shu sababli, ayni paytda ko‘pchilik ekspertlarda qanday qilib 3-shaxs, ya’ni yetkazib beruvchi Apple’ning ichki ma’lumotlar bazasiga kira oladi, degan muhim savol paydo bo‘lgan. Agar bu ma’lumot ommaviy ravishda tarqaydigan bo‘lsa, “Olma” kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarining ishonchini suiiste’mol qilganlikda ayblanadi.

Apple hozircha bu voqeaga nisbatan munosabat bildirmagan. Agar mazkur jinoyat to‘liq miqyosida ochiladigan bo‘lsa, millionlab foydalanuvchilarning orasida amerikalik korporatsiyaning nufuzi keskin pasayib ketadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.