Apple qayta tiklangan iPhone’larni sotishni boshladi

Apple qayta tiklangan iPhone’larni sotishni boshladi

AQShning Apple kompaniyasi o‘zining onlayn do‘konida qayta tiklangan iPhone’larning navbatdagi sotuvini boshladi. “Olma” 2007 yildan buyon qayta tiklangan qurilmalarni yana sotuvga chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Ayni damda firmaning onlayn do‘konida tiklangan iPhone 6, iPhone 6s Plus va boshqa modellarni xarid qilish mumkin.

The Verge saytining ma’lum qilishicha, qayta tiklangan qurilmalarning narxi yangi qurilmalarning narxiga qaraganda 15 foizgacha arzonroq. Shunday bo‘lsa-da firma mazkur gadjetlarga ham bir yillik rasmiy kafolat xizmatini taqdim etadi. Qayta tiklangan iPhone’larga yangi batareya va korpus o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Apple onlayn-do‘koni orqali tiklangan Mac kompyuterlari, Macbook noutbuklari va iPad planshetlarini ham sotuvga chiqarib kelgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!