Apple rahbari: "Ingliz tili emas, bu hunarni o‘rganing!"

Apple rahbari:

Apple yo‘lboshchisi Tim Kuk shu kunlarda Yevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda. Universitet va kollejlarda o‘tayotgan suhbat va uchrashuvlarda Tim o‘z tajribasidan kelib chiqib yoshlarga baholi qudrat kerakli maslahatlar bermoqda.

Tim Kuk bir muddat avval inson o‘z kumirini o‘lganlar emas, tiriklar orasidan izlashi kerakligini aytgan va bu fikr katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Tim Kuk bu galgi maslahatida yoshlarga qanday qilib kelajakda kasbiy muvaffaqiyatga erishish mumkinligi to‘g‘risida maslahat berdi.

Fransiyada o‘tgan uchrashuvda Apple rahbari jamoatchilik bilan bugungi ta’lim va ta’lim olish ahamiyati xususidagi fikrlarini baham ko‘rdi.

"Agar men 10 yoshli fransuz o‘quvchisi bo‘lganimda ingliz tilidan ko‘ra, ko‘proq dasturlash tilini o‘rganishni ma’qul ko‘rgan bo‘lar edim. Men bu bilan odamlarni ingliz tilini o‘rganishdan voz kechishga undamoqchi emasman. To‘g‘ri, bu til sizga sayyoramizning 7 milliard aholisi bilan tillashishga yordam beradi. Biroq, mening o‘ylashimcha, dasturlash tili jahon miqyosida maktablarda o‘rgatiladigan majburiy fan bo‘lishi kerak".

Aytish joizki, ayni patda jahonning ko‘plab mamlakatlari dasturiy ta’minot yaratishni o‘rgatuvchi fanlarni maktab darslari qatoriga qo‘shish rejasida yurishibdi. Tim Kukning o‘zi ham yaqindagina 21-asrda biror dastur uchun kod yoza olish o‘qish va yozish kabi inson savodxonligining bir qismi sifatida tan olinishi zarurligini aytgan edi. Darvoqe, 2020 yildan boshlab Yaponiyada dasturlash boshlang‘ich sinfdayoq bolalarga o‘qitila boshlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.