Apple rivojlanishning yangi yo‘nalishini tanladi

Apple rivojlanishning yangi yo‘nalishini tanladi

Qo‘shimcha xizmatlar 2017 yilning 2-choragida Apple Inc. korporatsiyasi daromadining salmoqli qismiga hissa qo‘shdi. Bu to‘g‘rida Tim Kuk tugayotgan haftada o‘tgan hisobot anjumanida sarmoyadorlarga ma’lum qilgan. Xususan, App Store, Apple Pay, iCloud va Apple Music kabi xizmatlarning daromadi 22% ga oshib, 7,27 milliard  dollarni tashkil qilgan. Apple TV, Apple Watch, Beats, iPod va aksessuarlarni sotishdan kelib tushgan daromad 23% ga ko‘tarilib, 2,74 milliard dollarga yetgan.

Shu munosabat bilan, Apple bosh direktori taklifi bilan kupertinolik IT-ishlab chiqaruvchi o‘zining rasmiy biznes-strategiyasiga xizmatlarni rivojlantirishni qo‘shishni taklif qildi va bu taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Qo‘shimcha xizmatlardan kelib tushayotgan daromadning bosh omili iPhone savdosi bo‘lib, smartfonga ehtiyoj oshib borayotgani hisobga olinsa, xizmatlardan foyda olish ehtimoli ham oshadi.

Iqtisodchi ekspertlarning fikricha, Apple tomonidan qo‘shimcha xizmatlarning rivojlanishi taraqqiyotning yangi modelini boshlab beradi. Bu bevosita kompaniya istiqboliga daxldor masala.

Misol uchun, 1990-yillarda, kompaniyani Stiv Jobs boshqarayotgan davrda ham, Apple diqqatini kompyuter ishlab chiqarishdan mobil gadjetlar yaratishga qaratgan edi. Natijada, bu soha uning bosh daromad manbai bo‘ldi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.