Apple shamol energiyasi sohasidagi Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritdi

Apple shamol energiyasi sohasidagi Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritdi

Xitoyning Goldwind Science & Technology korporatsiyasi shamol energetikasi bilan shug‘ullanadigan 4 ta loyihaga tegishli aksiyalarning 30 foizini Apple kompaniyasiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb yozmoqda South China Morning Post.

Nashrning yozishicha,  Xitoyning Goldwind firmasi shamol yordamida ishlab chiqariladigan energiyani yetkazib berish bo‘yicha jahondagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Apple mazkur gigantga qarashli to‘rtta kompaniyaning muayyan miqdordagi aksiyalarini xarid qiladi. Hozircha kelishuvning narxi e’lon qilinmagan.

“Apple o‘ziga qarashli barcha ishlab chiqarish tuzilmalarini yangilanadigan energiya tizimiga o‘tkazish maqsadida. Endilikda esa kompaniya o‘zining bunday energiyaga bo‘lgan bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun Xitoydagi hamkorlari bilan ishlamoqda”, – deyiladi Goldwind bayonotida.

Applye kompaniyasining rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, kompaniya 2015 yilda 93% sarflangan energiyani bevosita yangilanadigan energiya manbalaridan olganligi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!