Apple Sheremetev bojxona idorasini sudga berdi: hammasiga iWatch sababchi

  •   Saroy
  •  656
  •  13.08.2018 11:12

Apple Sheremetev bojxona idorasini sudga berdi: hammasiga iWatch sababchi

Apple kompaniyasining Rossiyadagi shu’ba korxonasi  Moskva viloyati hakamlik ishlari sudiga murojaat bilan chiqdi. Arizada  Sheremetev bojxonachilari ustidan da’vo ishi ochishni va ortiqcha olingan boj soliqlarini qaytarib berish talab qilingan. Hozircha sud ishni harakatsiz qoldirmoqda. Xabarda aytilishicha, shikoyat «Eppl Rus»’ga tegishli bo‘lib, iWatch smart-soatlari uchun boj to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Da’vo arizasida bayon qilinishicha,  Apple’ning rossiyalik shu’ba korxonasi Sheremetev bojxona idorasining aprel oyida qabul qilgan qarori bahsli ekani ta’kidlangan va  amalga oshirilgan 42,9 million rubl miqdoridagi to‘lovni qaytarib berishni talab qilmoqda.  Apple’ning asosiy noroziligi  103 mln rubdan ko‘p foiz to‘laganida bo‘lmoqda.

O‘QING:iPhone 8 bilan bir vaqtda Apple Watch 3 ham namoyish etilishi mumkin

Bojxona vakilining aniqlik kiritishicha,  «“Eppl Rus”ning talablari bilan bog‘liq masalaga izoh berishga hali erta», chunki, Apple’ning da’vo arizasi nusxasini qo‘llariga olganicha yo‘q. Xabarda ta’kidlanishicha, AQSh kompaniyasining Rossiyadagi shu’ba korxonasi bojxona qarorini noto‘g‘ri qaror deb baholashgan. Chunki  “Eppl Rus” bergan arizada texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani tufayli bojxonachilar shunday qaror qabul qilgan. Lekin kompaniya ushbu arizaning to‘g‘rilangan versiyasini bojxonaga topshirmagan.

Apple avval ham Markaziy bojxona idorasi va  Sheremetev bojxonasi ustidan  bir necha bor shikoyat bilan murojaat qilgandi. O‘shanda kompaniya iWatch smart-soatlarni portativ qurilma deb tan olinishini talab qilgandi. Bojxonachilar esa, o‘z navbatida Apple mahsulotlarini qo‘l soati deb rasmiylashtirgan. O‘tgan yilning sentyabr oyida Oliy sud Apple’ning mahsulotlarini ma’lumot uzatuvchi qurilmalar toifasiga qo‘shib, ushbu  kompaniya huquqlarini himoya qilib chiqqandi.
O‘QING:Bolalar uchun smartfon: himoya va xavfsizlik sozlamalari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!