Apple texnika chiqitlarini qayta ishlab, 240 tonna metallni tejab qoldi

Apple texnika chiqitlarini qayta ishlab, 240 tonna metallni tejab qoldi

Apple faqat ikkilamchi xom ashyo, ya’ni iste’moldan chiqqan qurilmalarning materiallaridan gadjetlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yopiq majmua yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. Kompaniya 2016 yilda ekologik javobgarlikka oid hisobotida ma’lum qilishicha, bu qaror axlat uyumlariga otilayotgan metallarni qayta ishlab, kompaniyaning yangi xom ashyo resurslaridan foydalanishini kamaytirish evaziga tabiiy boyliklarni asrashga xizmat qiladi.

Iste’moldan chiqqan qurilmalar platasidan mis, qalay va qimmatbaho metallar, eski litiy-ionli akkumulyatorlaridan kobalt rangli metallini olish mumkin.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2015 yilning o‘zida iste’molga yaroqsiz chiqindilarning qayta ishlanishi natijasida Apple yetkazib beruvchilaridan sotib oladigan yillik metall miqdori 240 tonnaga kamaygan.

Agar bu loyiha to‘liq ishga tushsa, Apple gadjetlarni to‘liq iste’moldan chiqqan materiallardan tayyorlaydigan jahondagi ilk IT-kompaniyaga aylanadi.

Ayni kunda kompaniya o‘z brendiga mansub foydalanilmayotgan qurilmalarni qabul qilishni boshlagan. Buning uchun maxsus Apple Renew dasturi e’lon qilingan. Misol uchun, alyuminiy metallidan tayyorlangan iPhone 6 korpusidan Mac mini uchun korpus tayyorlanadi. Apple buning uchun faqatgina o‘zi ishlab chiqargan qurilmalarning alyuminiy metallidan foydalanadi. Boisi, uning avvalgi qurilmalaridagi metall sifati shaxsan kompaniya nazoratida bo‘lgan va ulardan keyinchalik ham iPhone, iPad va boshqa qurilmalar ishlab chiqarish mumkin.

Apple yaratgan maxsus Liam nomli robot iPhone va bosh mobil aloqa vositalarini bo‘laklarga bo‘lib, ulardagi butlovchi qismlarni ajratib oladi. Ayni paytda faoliyatini boshlagan 2 ta yirik konveyer yiliga 2,4 mln dona qurilmani qismlarga ajratadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!