Apple tovlamachilikda ayblanmoqda

Apple tovlamachilikda ayblanmoqda

San-Fransisko (Reuters) - Apple Inc korporatsiyasi 1 yildan oshgan iPhone qurilmasining platforma samaradorligini sekinlashtirib qo‘yishini tan olgach, sudlarda unga nisbatan ayni paytga kelib 8 ta da’vo arizasi ochilgan. Sud jarayonlarida kompaniyaning bu qarorni sir saqlagani iPhone egalarining zarariga ishlagani qayd etilmoqda.

Primate Labs kompaniyasi 18 dekabrda bu boradagi tadqiqot natijalarini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Apple o‘tgan haftada iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE hamda iPhone 7 smartfonlarining barqaror ishlashi, quvvat ta’minotida nosozlik yuz bermasligi uchun ularning faoliyatini sekinlashtirishini rasman ma’lum qilgan. Bu e’londan keyin Kaliforniya, Nyu-York hamda Illinoys shtatlari, hatto Isroida ham brendga qarshi da’volar, noroziliklar avj olgan.

Foydalanuvchilarning fikricha, Apple ayfon devayslaridagi akkumulyator batareyalarini nuqsonini xaspo‘shlash uchun platforma samaradorligini pasaytirgan. Vaholanki, bu o‘rinda kompaniya o‘z foydlan/ uvchilarini bepul akkumulyator bilan ta’minlashi zarur. Biroq, taniqli brend o‘z manfaatini ustun qo‘ygan va foydalanuvchilar hayotini xavf ostiga qoldirgan.

Sud ishlaridan birida Apple kafolat qoidalariga rioya qilmagani uchun foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilayotgan advokat korporatsiyadan $53 million AQSh dollari undirish harakatida.

Shuningdek, ayrim sudlar tomonidan qayd etilishicha, platforma muammolariga duch kelgan foydalanuvchilar ayfonlarini almashtirishga majbur bo‘lganlar. Kompaniya shu orqali yangi smartfon modellarini "o‘tkazish"ga harakat qilgan va mijozlariga ma’naviy-moddiy zarar yetkazgan.