Apple Watch kerak emas: Walabot gadjeti hammomda yiqilganlarni himoya qiladi

  •   Saroy
  •  317
  •  25.10.2018 11:16

Apple Watch kerak emas: Walabot gadjeti hammomda yiqilganlarni himoya qiladi

Odamlar vannaxonada yoki hammomda tez-tez yiqilib tushadi, agar yiqilish omadsiz kechsa, kishi qaytib turmasligi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda tezkor yordam chaqirish uchun, yaqinda Apple Watch qurilmasiga insonning yiqilishini aniqlaydigan va yordamga chaqiradigan funksiya qo‘shilgan edi. Biroq, hamma ham aqlli soatni tutavermaydi, shu bois uning muqobili sifatida alohida Walabot gadjeti yaratildi.

O‘QING: Apple’ning yangi gadjetlari: narx, xususiyat va suratlari taqdimotdan bir hafta avval chiqib ketdi

Ushbu qurilmani xonaning devoriga o‘rnatsa bo‘ladi. U odamning harakatini kuzatib borish uchun kamera ishlatmaydi,  shu bois gadjetni vannaxonaga qo‘ysa ham bo‘ladi. Yiqilishni qayd etish uchun sinsor kuchsiz radioto‘lqindan foydalanadi. To‘lqin  masalan, pardadan ham o‘tishi mumkin.

Odam yiqilgandan keyin uzoq vaqt tura olmasa, gadjet buni tushinadi va yordamga chaqira boshlaydi, ya’ni ishonchli kishiga yoki tez yordamga qo‘ng‘iroq qiladi. Bolalar yoki keksalar vannaxonada  yolg‘iz qolsa, ularni shu yo‘l bilan himoya qilish mumkin. Umuman olganda, gadjet boshqalar uchun ham ortiqchalik qilmaydi.

Bunday himoyani o‘rnatishdan sizni faqat bir narsa to‘xtatish mumkin, u ham bo‘lsa qurilmaning narxi. Bitta Walabot sensori 249 dollar turadi.

O‘QING: Galaxy S9 tekinga tarqatildi: Apple gadjetlariga qarshi yangicha marketing yurishlar

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!