Apple Watch’larda endi tugmacha ham o‘zgacha bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  773
  •  09.06.2018 15:47

Apple Watch’larda endi tugmacha ham o‘zgacha bo‘ladi!

Kupertinolik gigant o‘z «aqlli» soatlarining bir necha avlodini taqdim etgan bo‘lsa-da, ular aytarli o‘zgargani yo‘q. Yangi platforma hamda modemli versiyalar chiqa boshlaganini aytmasa, hammasi o‘sha-o‘sha. Lekin Apple endi bu gadjetiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga qaror qilgan.

O‘QING: Apple Watch’lar bu yil jiddiy o‘zgarishga uchraydi

Fastcompany nashrining xabar berishicha, endi Apple smart-soatlarining yon qirrasidagi moddiy tugma o‘rniga sensor tugmacha qo‘llanadi. Bu shunchaki sensor bo‘lmasdan, balki xuddi smartfonlardagi kabi Taptic Engine funksiyasiga ega bo‘ladi. Bunda Digital Crown g‘ildirakchasi o‘zgarishsiz qoladi.

Moddiy tugmachaning sensorlisiga aynan qachon almashtirilishi hozircha aniq emas. Bu yo joriy yildagi – navbatdagi Apple Watch’da, yo ularning 2019 yilgi avlodida amalga oshiriladi.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!