Apple Watch zarur mahalda shoshilinch xizmatlarni yordamga chaqiradi

Apple Watch zarur mahalda shoshilinch xizmatlarni yordamga chaqiradi

So‘nggi yillarda “aqlli soat”larda salomatlikni nazorat qilish, sport bilan shug‘ullanishga doir ko‘plab ilovalar tatbiq qilinmoqda. Apple Watch’ning navbatdagi avlodi ham o‘z egasining salomatligini to‘la nazorat ostiga oladi.

AppleInsider nashrining yozishicha,  AQSh patentlash va savdo belgilarini ro‘yxatga olish byurosi Apple’ning “aqlli soat” uchun yangi tizimiga patent bergan. Ushbu tizim zarur mahalda tez tibbiy yordam, qutqaruv xizmati, politsiya yoki yong‘inni o‘chirish xizmatiga xabar yuboradi.

Endi smartvochlar yurak urishi, qon bosimi, tana harorati va egasidagi boshqa o‘zgarishlarni qayd qilib boradi va yordam zarur mahalda bu to‘g‘rida uning oila a’zolariga hamda shifokorlarga xabar yuboradi.

Kompaniya hozircha ushbu tizim takomillashtirish jarayonida ekanini aytmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!