Apple Xiaomi'ni sud zaliga chaqiradi

Apple Xiaomi'ni sud zaliga chaqiradi

Kuni kecha Xiaomi taqdim qilgan Mi8 flagmani barcha ekspertlar tomonidan iPhone X modelining eng yaxshi nusxasi sifatida e’tirof etildi. Ko‘pchilik esa "xitoylik Apple"ni ochiqchasiga "savalab", Xiaomi Mi8'ni "tasavvursiz tug‘ilgan" gadjet ekanini aytmoqda.

Xitoylik flagmanga bir qaraganda uning ishlab chiqaruvchisi qaysi flagmandan ilhom olganini aytish qiyin emas. Ustiga-ustak, Xiaomi Mi8 SE modelida taqdim qilingan 3D o‘lchamda qiyofani skaner qilish texnologiyasining ham «Face ID» deya o‘zgarishsiz nomlangani yanada hayratlanarli.

Xitoylik korporatsiyaning bunday "muomalasi" Kupertinoda mehnat qilayotgan dasturchilarning sochini tikka qilgani aniq. Xiaomi kompaniyasining bunday xatti-harakatini oqlash qiyin. Jahonda mualliflik huquqiga e’tibor berishda amerikaliklarga yetadigani yo‘q. AQSh hukumati aynan mualliflik huquqi buzilgani uchun ham ZTE, Huawei kabi xitoylik ishlab chiqaruvchilarga qarshi sanksiyalarini joriy qilmoqda.

Xiaomi esa juda xatarli tavakkalchilikka qo‘l urdi. Apple o‘z noni va nomini osonlikcha berib qo‘ymaydi. Apple korporatsiyasining dasturiy ta’minot bo‘yicha bosh vitse-prezidenti Kreyg Federigi o‘zining Twitter tarmog‘idagi rasmiy sahifasida kompaniyaning huquqshunoslari Xiaomi Mi8 hamda iPhone X o‘rtasidagi o‘xshashlik xususida o‘rganishlar olib borishmoqda va tez orada "xitoylik Olma"ga qarshi "jang" start oladi.

O‘xshashliklar nimada?
Mi 8’ning 6.21 dyuymli displeyi yuqorisida old kamera hamda boshqa sensorlar uchun maxsus kemtik joy qoldirilgan. Shu bilan birga, smartfon orqa panelidagi bosh kamera ham chap tomonda vertikal joylashtirilgan.

O‘qing: Samsung rahbari Galaxy Note 9'ni tanqid qildi

Nega aynan Xiaomi?
Shu vaqtga qadar ko‘plab Androidlar bunday jihatni o‘zlashtirishdi. Ularning hech biri Apple'ni cho‘chitgani yo‘q. Biroq nega aynan Xiaomi uning nishoniga tushdi, degan savol tug‘iladi.

Mi 8 o‘zidagi kuchli Snapdragon 845 protsessori, FHD+ (2248 x 1080 pikselli) sig‘imli kuchli AMOLED ekrani, "sun’iy aql"li 12 megapikselli bosh hamda 20 megapikselli selfi kamerali bilan diqqatni tortadi. DxOMark laboratoriyasi bu kamerafonning surat olishiga 105 ball qo‘ygan. iPhone X bu borada ortda qolgan.

Qolaversa, u Androidlar orasida ilk marotaba yuzni uch o‘lchamda skanerlash funksiyasiga ega bo‘lgan.

Apple uchun yana ham "qo‘rqinchliroq" fakt shuki, Mi 8 Xitoyda $421 (6 GB + 64 GB) dollardan boshlab sotuvga chiqariladi. Ya’ni, uning flagmanidan bir necha barobar arzon.

O‘qing: Kutilmaganda Telegram'dan blokirovka olib tashlandi

Aytish joizki, Apple bosh menejeri rasmiy shaxs hisoblanadi. Uning internet tarmog‘idagi har bir so‘zlari zamirida asos bo‘ladi. Apple kompaniyasining Xiaomi brendiga qarshi bunday kurashi xitoylik ishlab chiqaruvchining nufuziga ta’sir qilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.