Apple yana jahondagi eng peshqadam smartfton ishlab chiqaruvchi bo‘ldi

Apple yana jahondagi eng peshqadam smartfton ishlab chiqaruvchi bo‘ldi

Gartner tadqiqot kompaniyasining o‘tayotgan haftada olib borilgan navbatdagi o‘rganishlari natijasida ayni paytda dunyoda ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning 17.9 %i Apple kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi. Bungacha smartfon bozrida peshqadam bo‘lgan Samsung’ning mobil aloqa vositalari bozoridagi bu galgi ulushi 17.8 %ni tashkil qilgan. 2016 yilning 4-moliyaviy choragida Apple 77 million dona iPhone sotgan bo‘lsa, Samsung 76.8 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Smartfon savdosida uloqni so‘nggi 8 chorakdan buyon Koreya Respublikasining Samsung kompaniyasiga boy berayotgan Apple uchun bu navbatdagi muvaffaqiyat davri deyish mumkin.
“So‘nggi marotaba Apple 2014 yilning 4-moliyaviy choragida “aqlli telefon”lar bozorida peshqadamlik qilgan. O‘shanda yirik ekranli iPhone 6 va 6 Plus gadjetlari unga omad keltirgan edi”, deydi tadqiqot kompaniyasi vakili Anshul Gupta.

Apple kompaniyasining bu muvaffaqiyati uning so‘nggi iPhone 7 va iPhone 7 Plus ayfon modellari savdosi bilan bog‘lanmoqda. Shuningdek, o‘tayotgan chorakda Samsung smartfonlariga bo‘lgan ehtiyoj Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keskin tushib ketgan.

Samsung kompaniyasining smartfon savdosi 2016 yilning 3-choragidan boshlab pasaya boshlagan. Samsung Galaxy Note 7 gadjetining yonib ketishi bilan bog‘liq holatlar tufayli kompaniya omadsizlikka yuz tutgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!