Apple yangi videoda Face ID va Apple Pay imkoniyatlarini namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  769
  •  24.03.2018 15:46

Apple yangi videoda Face ID va Apple Pay imkoniyatlarini namoyish etdi

Odatda televideniye orqali ko‘rsatiladigan reklama roliklaridan farqli ravishda, ba’zi texnokompaniyalar o‘z mahsulotlari uchun san’at darajasida chiroyli videoreklama tayyorlashadi. Masalan, «Xitoycha Apple» hali taqdim etilmagan Mi Mix 2S smartfoni imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun «Tinch okeani sarhadi 2» fantastik filmiga ishlangan treylerga joylangan reklamani taqdim etgan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S haqida yangi ma’lumotlarni oshkor etdi (+videolar)

Kupertinolik gigant esa iPhone X superflagmanidagi ikkita – Face ID hamda Apple Pay funksiyalarini namoyish etuvchi reklama roligini ishlab chiqdi.

Mazkur videolavhada iPhone X egasi shahar bozoriga keladi va o‘ziga yoqqan narsalarni smartfoniga qarash orqali shu ondayoq xarid qilib va kiyib, taqib olaveradi. Kupertinolik gigant bu bilan, Apple Pay hamda yuzni tanish texnologiyasi orqali istalgan joyda tezda xaridlarni amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatgan.

O‘QING: Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda

Mana, Face ID va Apple Pay funksiyalarining reklamasini o‘zingiz tomosha qiling-da:

Ta’kidlab o‘tish kerakki, yubiley ayfonidagi Face ID – hozirda foydalanuvchini qiyofasidan taniydigan dunyoda tengsiz texnologiyadir. Boshqa smartfonsozlar hali bu darajada mukammal texnologiyani yarata olishmagan. Hatto uning ashaddiy raqibi ham Galaxy S9 va S9+ flagmanlarida biometrikaning 2D-skanerlash va ko‘z yoyini tanish usullarini qo‘llagan, xolos.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 7. Ilg‘or biometrika imkoniyatlari (+video)