Apple yuzni tanish texnologiyasi hisobiga Touch ID`dan voz kechadi

Apple yuzni tanish texnologiyasi hisobiga Touch ID`dan voz kechadi

Apple kompaniyasiga doir insaydlar bilan yaxshi tanilgan analitik Ming-Chi Kuo Kupertino kompaniyasi haqida yangi ma’lumotlarni oshkor qildi, deb yozmoqda Mobil Telefon nashri. Unga ko‘ra, hozirda  Apple qurilmani xavfsiz blokdan chiqarishning yangi usullarini, jumladan, yuzni tanish texnologiyasini ishlab chiqmoqda.

Taxminlarga qaraganda, iPhone 8  va iPhone X modellaridagi OLED-displeylarga optik barmoq izi skaneri o‘rnatiladi . Hozirda bunday optik skaner sinov bosqichida, ammo Apple 2017 yildagi modellarda undan foydalanmasligi ham mumkin. Shuningdek, Apple kelgusi modellarga yuzni tanish texnologiyasini ham tatbiq etish va Touch ID texnologiyasidan voz kechishni rejalashtirgan. Ammo hozircha bunday funksiyaning qachon paydo bo‘lishi noma’lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.