Apple zabt etish arafasidagi ulkan cho‘qqi

Apple zabt etish arafasidagi ulkan cho‘qqi

Kupertinodagi “Kremniy vodiysi”da joylashgan mashhur Apple korporatsiyasi aksiyalarining umumiy qiymati, ya’ni korporatsiyaning umumiy bahosi 2017 yilning 8 mayida $800 mlrd dollarga yetib, korporatsiya jahondagi eng qimmat aksionerlik kompaniyasiga aylandi.

Ayni paytda Apple $153.44 dollar qiymatiga ega 5.214 mlrd dona aksiyani muomalaga chiqargan. So‘nggi vaqtlarda Apple aksiyalari muntazam qimmatlashib bormoqda. Misol uchun, taniqli milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi Apple uchun tikkan sarmoyasini 4 marotabaga ko‘paytirib olgan.

Tahlilchilarning fikricha, joriy yilning sentyabrida taqdim qilinishi kutilayotgan yangi ayfon modeli Apple korporatsiyasiga kompaniya tarixidagi eng yirik daromadni keltirgan gadjetga aylanadi. Natijada, yil oxiriga qadar har bir aksiya bahosi $202 dollarga ko‘tariladi va bu ko‘rsatkichning $1 trln. dollarga yetishi kutilmoqda. Bu sayyoramizdagi eng qimmat — “trillion dollar”lik jamoat kompaniyasining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!