Aqlli soatning aqliga nima bo‘ldi: foydalanuvchilar Apple Watch 4 ustidan shikoyat qilishmoqda

  •   Saroy
  •  544
  •  09.10.2018 17:53

Aqlli soatning aqliga nima bo‘ldi: foydalanuvchilar Apple Watch 4 ustidan shikoyat qilishmoqda

Ma’lum bo‘lishicha  Apple aqlli soatlari yozgi vaqtni qayta ishlay olmayapti (DST) — bu holat  7 oktyabrda yozgi vaqtga o‘tishga odatlangan Avstraliya mamlakatida kuzatildi. Foydalanuvchilarning aniqlashicha, ularning gadjetlari Infograph Activity’dagi xato tufayli yuklanishning adoqsiz siklida osilib qolgan. Tizim kunduzgi faol paytda sarf qilingan kaloriya miqdorini hisoblayotganda, to‘satdan yo‘qolib qolgan soat uni  chalg‘itib yuboryapti, chamasi.

O‘QING:Ilk suratlari bilan tanishing: Huawei Watch GT aqlli soati va Huawei Band 3e brasleti

Foydalanuvchilar xato o‘zi to‘g‘rilanishi uchun yoki keyingi kunni kutib turishi kerak, yoki iPhone yordamida nimadir qilish kerak bo‘ladi. Ko‘plab boshqa mamlakatlarda yozgi vaqtga o‘tish sal keyinroq bo‘ladi:  Yevropada oy oxirida, AQShda  4 noyabrda, shu bois  Apple’da xatoni to‘g‘rilash uchun vaqt yetarli. Masalan Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda yozgi vaqtga o‘tish umuman bekor qilingan.

Shuni ham eslatib o‘tish lozimki, vaqtni qayta ishlashdagi xato keng tarqalgan  iOS baglaridan biri hisoblanadi: Yevropada tizimning ayrim versiyalarida budilnik ishlamay qoldi, hatto bir marta Yangi yilda u umuman ishlamagan, o‘rnatilgan taqvim ilovasida esa vaqt noto‘g‘ri aks etib qoldi.

O‘QING:Apple Watch Series 4 Nike+ savdoga chiqdi: sportchilar va yugurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun aqlli soat

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!