AQSh aviatsiyasida noxushlik: F-35 samolyotlari parvozi noma’lum muddatga to‘xtaldi

  •   Saroy
  •  285
  •  27.10.2018 14:20

AQSh aviatsiyasida noxushlik: F-35 samolyotlari parvozi noma’lum muddatga to‘xtaldi

AQSh F-35 samolyotlarining parvozini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, chunki uchar qurilmalarda texnik muammolar aniqlangan.  Xabarda aytilishicha, qo‘shma hukumat va sohaviy texnik guruh a’zolari avval aniqlangan yoqilg‘i uzatish tizimidagi nuqsondan tashqari yana ikkita kamchillikni ham aniqlashgan.

Texnik guruhning e’tiborini ikkita muammoli yoqilg‘i trubkasi o‘ziga tortgan. Ushbu trubkalar bitta ta’minotchi tomonidan avval ham nosoz deb topilgan trubkalar texnologiyasi bo‘yicha , ishlab chiqarilgan.
O‘QING: Behuda vaqt sarf qilingan: F-35 qiruvchi samolyotining jangovar debyuti tanqidga uchradi

F-35B boshqa modellarga qaraganda ko‘proq turli rejimli parvozlarga mo‘ljallangan. Shu bois, birinchi navbatda ushbu uchar apparatlar tekshiruvga jo‘natiladi. F-35A va F-35C samolyotlari esa dovomiy texnik xizmat doirasida tekshiriladi.

11 oktyabrda Pentagon barcha F-35 modellarining parvozini to‘xtatib qo‘ygan edi. Bunga yonilg‘i uzatish trubkasida aniqlangan muammo sabab bo‘lgandi. Ushbu tekshiruv 28 sentyabrda Bofort yonida F-35B’ning qulashidan keyin amalga oshirildi. O‘shanda uchuvchi samolyotdan  katapulta qilib omon qolgan edi.

O‘QING: AQSh o‘zining “yangi” F-35 jangovar samolyoti bilan raqiblarini qo‘rqitmoqchi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!