AQSh samoviy qurollanish poygasiga start bermoqda

  •   Saroy
  •  1113
  •  06.08.2018 12:53

AQSh samoviy qurollanish poygasiga start bermoqda

SShA Kongressida tez kunlarda mamlakat mudofaasini moliyalashtirish haqida qonun qabul qilinishi kerak. Ushbu  hujjatga binoan amerikalik muhandislar raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha koinot tizimini loyihalashtirishga kirishishi lozim.

Mamlakat mudofaasini ta’minlashga qancha pul ajratish masalasiga amerikaliklar juda jiddiy yondoshmoqda. 2019 yilda Qo‘shma shtatlarning harbiy ehtiyojiuchun 716 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu mablag‘larning sezilarli qismi ballistik raketalarni aniqlash va yo‘q qilishning orbital tizimini yaratishga sarflanadi.

O‘QING:Koinotga suv yordamida parvoz: rossiyalik fizik shunday taklifni ilgari surmoqda

Loyihani raketaga qarshi mudofaa  Agentligi nazorat qiladi. Dushman raketasini aniqlash va urib tushirish bo‘yicha birinchi testlar 2022 yildan kechiktirilmay amalga oshirilishi kerak. Rejaga ko‘ra, bu kabi orbital tizimlar xavf tug‘ulishi kutilayotgan ma’lum mintaqalarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, Eron yoki Shimoliy Koreya. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad dushman raketasini uchirilgandan keyinoq urib tushirish.

AQSh harbiy ekspertlarining fikricha,  bu kabi orbital majmualar dushmanni tutib turivchi va yangi global urish boshlanishining oldini oluvchi jiddiy vositaga aylanishi mumkin.

O‘QING:Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!