AQShda haydovchisiz qurilmalarda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda

  •   Saroy
  •  860
  •  03.07.2018 15:34

AQShda haydovchisiz qurilmalarda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda

Tovarlarni yetkazib berishning an’anaviy shakli tobora o‘zgarib bormoqda. Endi kurerlar o‘rnini haydovchisiz qurilmalar egallamoqda. Amerikadagi yirik Kroger savdo tarmog‘i Nuro kompaniyasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishning yangi shaklini o‘zlashtirmoqda. 

Kroger – AQShda 1883 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yirik supermarketlar tarmoqlaridan biridir. Kompaniya savdo aylanmasiga ko‘ra,  Wal-Mart supermarketlar tarmog‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Nuro esa,  tovarlarni yetkazish maqsadida robotlashtirilgan kichik furgonlardan foydalanishni rejalashtirgan startapdir.

O‘QING: Dunyoning eng texnologik 25 ta shahri

Tovarlarni xarid va buyurtma qilish maxsus ilova orqali amalga oshiriladi. Shundan keyin tovar ortilgan avtomobil foydalanuvchining yoniga keladi, hozircha servisning test sinovi bo‘lgani uchun uning ichida operator o‘tiribdi, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, u boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi. Buyurtma yetkazilganidan keyin buyurtmachi avto paneliga kerakli qismga kirishni ta’minlovchi kodni kiritadi. Bugunga kelib tovarlarni bunday usulda yetkazish qanchaga tushishi va yakuniy ekspluatatsiya vaqti noma’lumligicha qolmoqda. 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!