AQShning kelajak vertolyoti: yangi Apache testdan o‘tkazilmoqda

  •   Saroy
  •  1049
  •  30.10.2018 15:21

AQShning kelajak vertolyoti: yangi Apache testdan o‘tkazilmoqda

AH-64E Block 2 Compound nom bilan tanilgan yangi  Apache modifikatsiyasidagi vertolyot, katta o‘lchamdagi qimirlamaydigan qanotga, ostki vertikalli stabilizator va itaruvchi parrakka ega. Yangi mashina Filadelfiyada Boeing’ning aerodinamik quvurida testdan o‘tmoqda. Test yanvar oyiga kelib nihoyasiga yetadi.

O‘QING: Injenerlarning kelajakka oid aqlga sig‘mas loyihalari (video)

Qushimcha qimirlamaydigan qanotning qo‘shilgani asosiy rotordagi zo‘riqishni kamaytiradi va parvoz masofasini 23 foizga uzaytiradi. Itaruvchi parrak esa tezlikni va tejamkorlikni oshiradi. Boeing’dagilarning ta’kidlashicha, ushbu modifikatsiya tezlikni va parvoz uzoqligini 50 foizga, ishlash muddatini ikki barobarga oshiradi va yoqilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlari ham yaxshilanadi. Amma apparat narxi ham 20 foizga qimmatlashadi.

AH-64E Block 2 Compound modifikatsiyasi

Hozirgi  AH-64E  vertikalli, tepaga yo‘naltirilgan, stabilizator va unchalik katta bo‘lmagan qanot qurollarni o‘rnatishga mo‘ljallangan.

O‘QING: Mamlakatlarning harbiy samolyot va vertolyotlari soni bo‘yicha Flight International ro‘yxati tuzildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!