Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

  •   DiMaX
  •  3090
  •  17.04.2018 13:25

Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

Joriy yilning fevral oyida Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida Samsung kompaniyasining SM-J600F indeksli smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Mazkur raqam ostida yashiringan telefon Samsung Galaxy J6 (2018) modeli bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Ta’kidlash kerakki, ushbu smartfon jinubiy koreyalik texnogigantning Galaxy J5 (2017) modeliga izdosh sifatida chiqariladi. U Samsung’ning bu yilgi arzon telefonlari qatoridan o‘rin oladi. Mazkur devaysning ayrim xususiyatlarini quyidagi xabarimizda ham ko‘rsatib o‘tganmiz:

O‘QING: Samsung allaqachon yangi – hamyonbop Galaxy J6 smartfonini tayyorlabdi!

Endi esa, hali rasman namoyish etilmagan ushbu qurilma AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida ham qayd etilganligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy J6 (2018) gadjeti yangicha urfga oid – tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatdagi, diagonali 5,6 dyuymlik displey bilan jihozlanadi. Ehtimol, bunda xuddi kompaniya flagmanlari singari Infinity Display – «nihoyasiz ekran» nazarda tutilgandir. Smartfon korpusining o‘lchamlari 146,3×67,0 millimetrga teng. Unda ikkita SIM-karta uchun uyacha, shuningdek, an’anaviy micro-USB porti va 3,5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud.

Samsung Galaxy J6 (2018) qachon rasman namoyish etilishi hozircha noma’lum. Uning «avlod»i 2017 yilning iyul oyi boshida taqdim qilinganligini inobatga olsak, bu yilgi hamyonbop modelni ham yozgacha ko‘rmasak kerak. Kompaniyaning savdoga chiqarilgan ko‘plab smartfonlariga esa O‘zbekistonda ham rasmiy buyurtma berish imkoni mavjud.

O‘QING: Butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladigan Galaxy S9+ va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 2 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.