"Arzon iPhone X"ning narxi, sotuvga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

2018 yilning birinchi choragida Apple kompaniyasi ixchamgina smartfonlarining yangi avlod modelini taqdim qiladi. iPhone SE uslubidagi smartfon o‘zida kompaniyaning ilk romsiz flagmani bo‘lgan iPhone X'ning dizayn hamda ba’zi bir texnik jihatlarini jam qiladi. Shu bilan birga, ancha arzon!

So‘nggi yillarda yangi smartfon modellari ekran diagonalining tobora kattalashib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo hammaga ham ulkan "g‘isht telefon"ning zarurati yo‘q. Qolaversa, Apple muxlislari uchun ixchamlik doimo urf doirasida bo‘lib kelgan. Yaqin yillargacha 4,7 dyuymli displeyga, 4 dyuymli ekranga ega iPhone SE o‘lchami Apple uchun "oltin me’yor" hisoblanar edi.

Nihoyat, Apple "SE" turkumida keyingi vakilni taqdim etadi. Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, yangi ayfon organik svetodiodli romsiz ekranga ega bo‘ladi. Uning old panelida Face ID qiyofa skaneriga xizmat qiluvchi True Depth kamerasi o‘rnatiladi. Shuningdek, orqa panelda 2 ta sensorli bosh kamera bo‘ladi.

Ekran yonlaridagi romning olib tashlanishi evaziga ekran diagonali 4 dan 4,7 dyuymga kattalashadi, shu bilan birga korpus o‘lchami saqlab qolinadi. Yangi avlod iPhone SE modeli A10 protsessori, 2 gigabaytli tezkor va 32 GB doimiy xotira, 5 megapikselli old hamda 12 megapikselli bosh kameraga ega bo‘ladi.

Narx-navo

Eslatib o‘tamiz, iPhone SE -- ayni paytda sotuvga chiqarilayotgan eng ixcham iPhone bo‘lib, 4 dyuymli jajji ekrandan iborat. Dizaynini iPhone 5'dan "meros" olgan bo‘lsa ham, texnik jihatdan iPhone 6S bilan bahsga kirishadi va ilg‘o A9 protsessoriga ega. "Kichkina demang bizni", deganlariday bu ayfonning afzalliklari ko‘p. 
Shu vaqtga qadar $399 dollardan sotilgan eng arzon talqin 50 dollarga arzonlashdi. Natijada, hozir uning 32 GB talqini $349, 128 GB talqini $449 dollardan sotilmoqda.

Noyabrdan boshlab sotiladigan iPhone X'ning eng arzoni 1000 AQSh dollaridan sotiladi. Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, yangi iPhone SE 2018 yilning mart oyida 500 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!