Arzon Meizu M5 kamerasidan olingan tasvirlar (fotojamlanma)

Arzon Meizu M5 kamerasidan olingan tasvirlar (fotojamlanma)

Kecha saytimizda Xitoyning Meizu kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan arzon narxli va barmoq izi skaneri bilan jihozlangan Meizu M5  xabar bergan edik. Bugun Rossiyaning mobiltelefon nashri mutaxassisi Yevgeniy Makarov mazkur telefon kamerasidan olingan tasvirlarni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 119 dollar turadigan Meizu M5 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera bilan jihozlangan. Asosiy kameraning diafragmasi –  f/2,2, 5 elementli optika va ikki xil rangdagi chaqnoq bilan ta’minlangan, old kameraning diafragmasi  f/2,0, optikasida 4 ta linza mavjud.

Yevgeniy Makarovning yozishicha, smartfonning arzon narxiga qaramasdan, uning kamerasi ancha sifatli tasvirlarni olishga qodir. Quyida ushbu model kamerasidan olingan tasvirlar bilan tanishamiz.

camera_meizu_m5_01_resize camera_meizu_m5_02_resize

camera_meizu_m5_04_resize camera_meizu_m5_05_resize

camera_meizu_m5_06_resize camera_meizu_m5_09_resize

camera_meizu_m5_10_resize camera_meizu_m5_11_resize

camera_meizu_m5_12_resize camera_meizu_m5_03_resize

camera_meizu_m5_13_resize camera_meizu_m5_14_resize

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!