Assassin’s Creed Odyssey rasman taqdim etildi: Qadim Yunon yurtiga jangga otlanamiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  1792
  •  12.06.2018 15:04

Assassin’s Creed Odyssey rasman taqdim etildi: Qadim Yunon yurtiga jangga otlanamiz! (+video)

Ubisoft kompaniyasi mashhur Assassin's Creed turkumiga mansub navbatdagi o‘yinni taqdim etishi haqida yaqinda xabar bergandi. Assassin's Creed Odyssey deb atalgan bu o‘yin, nihoyat, rasman namoyish etildi.

O‘QING: «This is Sparta!»: Assassin’s Creed turkumidagi navbatdagi o‘yin e’lon qilindi (+video)

Los-Anjelesda tashkil etilayotgan Electronic Entertainment Expo (E3 2018) ko‘rgazmasi arafasida Ubisoft kompaniyasi uzoq kutilgan o‘yin taqdimotini o‘tkazdi.

Mana, Assassin’s Creed Odyssey o‘yinining videoroligini tomosha qilamiz:

Odyssey – assasinlar va tampliyerlar orasidagi to‘qnashuvlarga bag‘ishlangan serial-o‘yinning yangi qismidir. Undagi voqealar Qadimgi Yunoniston hududlarida, Peloponnes jangi davrida bo‘lib o‘tadi – antik dunyo bo‘ylab jangovar spartalik rolida jangga kirasiz.

Assassin’s Creed Odyssey o‘yinini ishlab chiqish bilan bir necha studiyalar hamkorlikda shug‘ullanishmoqda, ularga Ubisoft Quebec jamoasi (Assassin’s Creed Syndicate yaratuvchisi) yetakchilik qilayotir. O‘yinning to‘laqonli relizi shu yilning 5 oktyabriga belgilangan. Shu kuni uni PC, PlayStation 4 hamda Xbox One uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi