ASUS 2017 yil 4 yanvar kuni yangi gadjetlar taqdimotini o‘tkazadi

ASUS 2017 yil 4 yanvar kuni yangi gadjetlar taqdimotini o‘tkazadi

CES 2017 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Tayvanning ASUS kompaniyasi Zennovation nomli taqdimot marosimini o‘tkazadi, deb yozmoqda smartphone.ua nashri. Kompaniyaning rasmiy saytida ham bundan darak beradigan tizerlar ham e’lon qilingan.

Tizerga ko‘ra, marosim 2017 yil 4 yanvar kuni, Consumer Electronics Show 2017 ko‘rgazmasidan bir kun oldin bo‘lib o‘tadi. CES 2017 xalqaro ko‘rgazmasi esa 5 yanvardan 8 yanvargacha Las-Vegas (Nevada, AQSh) shahrida o‘tkaziladi.

Hozircha ASUS kompaniyasining mazkur marosimida aynan qaysi qurilmalar taqdim etilishi noma’lumligicha qolmoqda. Biroq tizerdagi Qualcomm Snapdragon logotipidan xulosa qilinadigan bo‘lsa, taqdimotda Snapdragon SoC protsessori bazasidagi yangi smartfonlar namoyish qilinishini taxmin etish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.