ASUS $249 dollarlik planshetini shu hafta sotuvga chiqaradi

ASUS $249 dollarlik planshetini shu hafta sotuvga chiqaradi

ZenPad Z8 plansheti haqidagi uzun quloq gaplar may oyidan boshlab tarqatilgan edi. Tayvanlik ishlab chiqaruvchi bo‘lmish ASUS nufuzi va imkoniyatlari doirasida tayyorlagan planshetini yuqori sig‘imli ekran, yuqori samaradorlik, firma interfeysi va takomillashgan operatsion tizimda ishlab chiqarishga kirishgani ko‘rinib turibdi.
Iyun oyi o‘rtalarida namoyish etilgan ZenPad Z8 joriy hafta yakunida sotuvga chiqariladi.
ASUS planshetining dizayni zamonaviy standart asosida – qora rang, yassi qirralarning atrofi metall xomashyosi bilan o‘rab olingan, dag‘al plastik xomashyosidan tayyorlangan orqa panel planshetning qo‘lda mustahkam o‘rnashishiga xizmat qiladi.
Planshet bo‘yiga 205, eniga 136 mm bo‘lib, qalinligi 7,62 mm. U 320 gramm vaznga ega.

ASUS-ZenPad-Z8

7,9 dyuym sig‘imli sensor ekran IPS LCD platformasida ishlaydi. Uning piksellar sig‘imi 2048x1536. Mazkur ixcham mode uchun bu yuqori ko‘rsatkich. IPS matritsadan foydalanilgani rang-tasvirning ekran bo‘ylab bir xil yorqinlikda uzatilishini ta’minlaydi. Film va video tomosha qilish uchun planshet ayni muddao.

Asus ZenPad Z8’da urg‘u asosan samaradorlikka qaratilgan. Unda Qualcomm’ning 6 yadroli MSM8956 Snapdragon 650 protsessori joriy qilingan. Mazkur yadrolarning 4 tasi 1,44 GGs chastota tezligi, 2 tasi 1,8 GGs chastota tezligida ishlaydi. Bu esa planshetning sermahsul faoliyatini anglatadi. Uning tezkor xotirasi 2 GB va doimiy ichki xotirasi 16 GB. Qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 128 GBgacha fleshkani qo‘llab-quvvatlaydi.
Planshet tizimi Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Yana bir muhim jiati – sig‘imi 4680 mA soat bo‘lgan akkumulyatordir.
ZenPad Z8’ning bosh kamerasi 8 MP, old kamerasi esa 2 MP.
Planshet mobil aloqaning 2G/3G/4G LTE tarmog‘i, Bluetooth, Wi-Fi texnologiyalarida ishlashga mo‘ljallangan. Unda akselerometr datchigi ham tatbiq qilingan.
Asus kompaniyasi ZenPad Z8’ni $249 dollardan sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!