Asus`dan kuchli batareyaga ega smartfon

Asus`dan kuchli batareyaga ega smartfon

Bugungi smartfonlarga qo‘yilayotgan eng muhim talablardan biri bu akkumulyatorning quvvati masalasi, desak xato bo‘lmaydi. Asus kompaniyasi ana shu talablarni inobatga olib, quvvati ko‘pga yetadigan Pegasus 5000 smartfonini ishlab chiqdi. Zenfone  toifasiga mansub bo‘lmagan mazkur qurilma akkumulyatorining quvvati 4850 mAs.

Tavsifi

Qurilmaning asosi – 1.3 GGs chastotali sakkiz yadroli Mediatek MT6753 protsessori. Tarmoqda LTE Cat.4 ni qo‘llay oladi. Smartfon 16 GB sig‘imga ega o‘rnatma xotira bilan to‘ldirilgan. Pegasus 5000 ning ekran diagonali 5,5 dyuym va FullHD formatida.

Apparat ikkita SIM-kartali va albatta, ikkita kameraga ega: frontal kamera 5 MP bo‘lsa, asosiy kamera ko‘rsatkichi 13 MP va u LED-chaqnoq(vspishka) bilan ta’minlangan.

Narxi

Qurilmaning Xitoydagi narxi 1299 yuan ($197.39). Bu 2 GB operativ xotiraga ega apparatlar uchun. 3 GB dan boshlanadigan variantlar bahosi esa 1799 yuan($273.37).

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!