Asus qo‘sh kamera, yirik batareyali arzon smartfon sotadi

Asus qo‘sh kamera, yirik batareyali arzon smartfon sotadi

Jahonning 3-raqamli noutbuk ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Asus kompaniyasi kuni kecha o‘zining navbatdagi Asus Zenfone 4 Max smartfonini taqdim qildi. Hamyonbop gadjet kutilmaganda qo‘sh kamera va yirik sig‘imli akkumulyatori bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.



Asus Zenfone 4 Max devaysi 5,5 dyuymli FHD sig‘imli ekran, talqiniga ko‘ra Snapdragon 425 yoki 430 protsessori, 4 gigabaytgacha tezkor xotira hamda 16dan 64 gigabaytgacha doimiy ichki xotiraga ega bo‘lgan. Bosh kamera uchun 2 ta -- har biri 13 + 13 megapikselli sensorlar tanlangan. Ulardan birining yorug‘lik linzasi  f/2.0 hajmli. Ikkinchi sensor esa keng burchakli surat olishga mo‘ljallangan teleob’yektiv. Super sig‘imli rejimda bosh kamerada 52 Mp.gacha bo‘lgan suratlar olish mumkin.

Asus Zenfone 4 Max batareyasining elektr toki sig‘imi 5000 mA soat. Bu esa smartfon foydalanuvchisiga to‘liq quvvat bilan 40 soat davomida suhbat qurish imkonini beradi. To‘g‘ri, smartfon to‘liq quvvat olishi uchun unga 4 soat kerak bo‘ladi.


Asus Zenfone 4 Max xos yana bir qiziq jihati -- smartfonga bir vaqtning o‘zida 2 ta sim karta va microSD xotira kartasini o‘rnatish mumkin. Ya’ni, bo‘lmacha gibrid emas. Smartfon Android 7 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Asus talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.


Asus Zenfone 4 Max smartfoni metall korpusga ega. Smartfon qora, pushti, tilla rangli korpuslarda ishlab chiqariladi.

Yana bir muhim dalil shuki, Asus Zenfone 4 Max'ning eng arzon talqini (Snapdragon 425, 2 + 16 GB) xalqaro smartfon bozorlarida $230 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.