ASUS, Philips va Pioneer Yevropa antimonopoliya qonunlarini buzishda ayblanmoqda

ASUS, Philips va Pioneer Yevropa antimonopoliya qonunlarini buzishda ayblanmoqda

Yevropa komissiyasi antimonopoliya qonunlarini buzish holati bo‘yicha uch yo‘nalishda suritshtirish ishlarini boshlab yubordi. Ushbu surishtirish jarayonida ko‘plab kompaniyalar tekshiruvdan o‘tkaziladi, deb yozmoqda IXBT nashri.

Xususan, iste’mol elektronikasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan  ASUS, Philips va Pioneer singari kompaniyalar ayni paytda yuqoridagi qonunni buzish fakti bo‘yicha ayblanmoqda. Aniqroq qilib aytganda, mazkur brendlar onlayn-do‘konlarga o‘z narxini o‘rnatishlariga ruxsat bermagan.

Eng qizig‘i shundaki, Yevropadagi aksariyat onlayn-do‘konlar narxlarni bozordagi boshqa asosiy vendorlarga qarab avtomatik tarzda narxni belgilaydigan maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanadi. Shu bois bqoridagi brendlar nafaqat savdolarga, balki onlayn-do‘konlarning ishiga ham ta’sir ko‘rsatishda gumonlanmoqda.

Yevropa komissiyasi, shu bilan birga, video-o‘yinlar va mehmonxona biznesini ham tekshirish maqsadida.