ASUS teskarisiga buklanuvchi, metall korpusli xrombuk chiqardi (+hazil)

  •   DiMaX
  •  1211
  •  23.09.2017 10:19

ASUS teskarisiga buklanuvchi, metall korpusli xrombuk chiqardi (+hazil)

ASUS teskarisiga ham buklanuvchi noutbuk – Chromebook Flip C101 modelini ishlab chiqardi. Kompaniya uni hozircha faqat AQShda savdoga chiqargan, deya xabar beradi Liliputing sayti.

Xrombukka 299 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, unga Amazon hamda ASUS Store onlayn do‘konlari orqali buyurtma berish mumkin. Buyurtmalarni yetkazib berish esa 25 sentyabrdan boshlanadi.

ASUS Chromebook Flip C101 metall korpusli va sensor ekranli noutbukdir. IPS-displeyining piksellar sig‘imi 1280 x 800 pikselni, o‘lchami esa diagonaliga 10,1 dyuymni tashkil etadi.

Xrombukning asosiy jihatlaridan yana biri – uning ekranli va klaviaturali panellari o‘zaro 360 darajada buklana oladi. Ya’ni, uni oddiy shaklida ham, ekran panelini to‘liq orqasiga bukib, planshet tarzida ham ishlatsa bo‘ladi.

Qurilma olti (ikkita ARM Cortex-A72 va to‘rtta Cortex-A53) yadroli Rockchip RK3399 protsessori asosida ishlaydi. Tezkor xotirasi 4, ichki xotirasi esa 16 gigabayt hajmga ega.

Shuningdek, gadjetda ikkita USB 3.1 Type-C porti, bitta USB 2.0 Type-A porti, microSD kartasi uchun slot hamda audiotirqish mavjud. Noutbuk simsiz aloqaning Wi-Fi (802.11ac) va Bluetooth 4.0 interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyatorini bitta to‘ldirganda, uning quvvati 9 soatgacha ishlashga yetadi.

Xabarimiz so‘ngida, teskari buklanma noutbuklarga bag‘ishlangan hazilni ham taqdim etamiz:

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!