ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini yo‘qotmoqda

  •   Saroy
  •  1117
  •  08.08.2018 14:47

ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini  yo‘qotmoqda

2018 yilning ikkinchi yarmida o‘yin noutbuklari bozori sezilarli ravishda o‘zgardi. Bu haqda  Tayvanning DigiTimes nashri ishonchli manbalarga tayanib ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha,  ASUStek Computer va Micro-Star International kompaniyalari dunyo noutbuklar bozoridagi liderlik mavqeyini asta sekin yo‘qotib bormoqda.  Shu vaqtgacha ushbu kompaniyalar bozorning yarmidan ko‘pini egallab turgandi. Endi ularning ortidan quvib kelayotgan raqobatchilar narx va sifat uyg‘unligiga urg‘u berib tobora kuchayib bormoqda.

O‘QING:Yurtimizda sotilayotgan barcha noutbuklar narxlari (2018 yil 2 avgust) – Olcha.uz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beradi!

Birinchi eshelondagi noutbuk ishlab chiqaruvchilar, jumladan  HP, Dell, Acer va Lenovo brendlari ayniqsa o‘yin yo‘nalishida bozor liderlarini ta’qib qilishni tobora kuchaytirmoqda.  Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun turli mintaqalarda arzon narxlar strategiyasini qo‘llab, hamyonbop mahsulotlarini taklif qilmoqda va kutilganidek, xaridorlar e’tiborini qozonmoqda. Qolaversa, ular ketma-ket yangi modellarni ham taklif etishni esdan chiqarishmayapti. Masalan, Lenovo allaqachon Xitoy bozorining 30 foizini egallab bo‘ldi

O‘QING:Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!