ASUS ZenFone Max smartfoni Tesla elektromobilini quvvatlaydi

ASUS ZenFone Max smartfoni Tesla elektromobilini quvvatlaydi

ASUS ZenFone Max smartfoni 5000 mAsoatlik yaxshigina sig‘imga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Kompaniya elektromobillarga bo‘lgan talabning keskin ortishini hisobga olgan holda A.C.T. adapterini ishlab chiqarish ustida izlanish olib bormoqda. Uning yordamida har qanday elektromobil (adapter logotipidan xulosa chiqarsak, Tesla mahsulotlari ham) ASUS ZenFone Max smartfonidan quvvat olishi mumkin.

ASUS vakillarining tasdiqlashlaricha, smartfondan 90 daqiqa quvvat olgan avtomobilning harakatlanish davomiyligi yana 1 soatga ortadi.

Ma’lumot uchun, Zenfone Max ancha kuchli Snapdragon 410 protsessori, 2 GB tezkor, 16 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli lazerli avtofokusga ega asosiy, 5 megapiksel old kamera hamda Android 5.0 operativ tizimi bilan ta’minlangan.

Uning asosiy o‘ziga xosligi akkumulyatorida bo‘lib, 5000 mAsoat quvvatga ega Zenfone Max 38 kun avtonom ravishda ishlashi mumkin. 3G tarmog‘ida 37,6 soat suhbatlashish mumkin bo‘lsa, 22,6 soat video tomosha qilish, 72,9 soat musiqa tinglash, Wi-Fi-serfing rejimida 32,5 soat ishlash imkoniyati bor.

35 ming dollarga baholanayotgan eng so‘nggi rusumdagi Tesla Model 3 modeli esa asos komplektatsiyada 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erishib, u to‘la quvvati bilan 350 km yo‘l bosa oladi.

Manba: ASUS

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!