ASUS ZenPad 3 8.0: ko‘rkam, yupqa va kuchli planshet

ASUS ZenPad 3 8.0: ko‘rkam, yupqa va kuchli planshet

ASUS kompaniyasi premium-toifali yangi planshet ASUS ZenPad 3 8.0 (Z581KL)ni namoyish etdi. Qurilmaning narxi ma’lum qilinmadi, biroq sotuvi tez orada yo‘lga qo‘yiladi. ASUS ZenPad 3 8.0 (Z581KL) plansheti 7,9-dyuym multisensorli 2K (2048 x 1536 piksel) o‘lchamli IPS-displeyga ega va ASUS Tru2Life i TruVivid texnologiyasini qo‘llay oladi.

Shuningdek, qurilma olti yadroli SoC Snapdragon 650 protsessor (2 yadroli ARM Cortex A72 va 4 yadroli ARM Cortex A53, 1,8 GGs takt chastotali) bilan ta’minlangan va grafikaga “javobgar” Adreno 510. Chipset: 2 yoki 4 GB operativ xotira, sig‘imi 16 yoki 32 GB bo‘lgan o‘rnatma “to‘plovchi”. Bundan tashqari unda 128 GBgacha microSD xotira kartasi uchun joy ham mavjud. ASUS ZenPad toifasiga mansub planshetlar Android 6.0.1 Marshmallow boshqaruvida ishlaydi. Qurilmada 2 ta kamera bor. Asosiysi 8-megapikselli avtofokusli kamera bo‘lsa, old kamera – 2-megapiksel. Planshetga steriodinamikli audiotizim va  kuchli ovoz uchun mo‘ljallangan DTS Headphone: X texnologiyasi o‘rnatilgan. Qolaversa, planshet o‘rnatma GPS-navigator bilan ta’minlangan. Shuningdek, qurilmada USB Type-C, internetga simsiz kirish imkonini beruvchi 4G LTE, Wi-Fi 802.11ac, Miracast va Bluetooth 4.2 mavjud. ASUS ZenPad 3 8.0 akkumulyatori quvvati 4680 mAs bo‘lib, avtonom rejimda 11 soatgacha xizmatingizni qilishi mumkin.

ZenPad 3 8.0 plansheti o‘zining ko‘rkam ko‘rinishi, yengil vazni (320 gramm), o‘ta yupqaligi (7,5 mm) va teri bilan qoplangan metall (yoki alyuminli) koprusi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!