Auksion uchun yangi san’at asari: kompyuter narxi qariyb yarim million dollarlik kartina yaratdi

  •   Saroy
  •  619
  •  26.10.2018 14:53

Auksion uchun yangi san’at asari: kompyuter narxi qariyb yarim  million dollarlik kartina yaratdi

Sun’iy intellekt yordamida chizilgan kartina Nyu-Yorkdagi Christie's Prints and Multiples auksionida 432 000 dollarga sotildi. «Edmond Belami» nomli portret sun’iy intellekt yordamida yirik auksionlarda sotish uchun chizilgan dunyodagi ilk kartina hisoblanadi. Dastavval dasturchilar kartinani  7000 dan 10 000 dollargacha sotilishidan umidvor bo‘lib turishgan edi. Ammo u rekord summaga sotildi.

O‘QING: Sun’iy intellekt endi memlarni ham tushinadi

Kartinani Generative Adversarial Networks (GAN) deb nomlangan algoritm “chizdi”. U Parijdagi «Obvious» texno-art-guruhi tomonidan yaratilgan. Ixtirochilar algoritmga 14 va 20 asrlar orasida chizilgan taxminan  15 000 ta portretni kiritdilar. Ushbu vizual ma’lumotlar asosida algoritm  «Generator»i o‘zining ishini yaratishni o‘rgandi.

«Diskriminator» deb nomlangan yana bir yordamchi tizim inson san’ati bilan «Generator» ishlagan san’at o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Jarayon to «Diskriminator» farqni aniqlay olmay qolgunga qadar davom etdi. Shundan keyingina, loyiha ishtirokchilari kartina sotuvga tayyor, degan xulosaga kelishdi.

O‘QING: Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!