Avast antivirusini kompyuterdan butkul o‘chirishning eng ishonchli yo‘li

  •   DiMaX
  •  968
  •  23.05.2020 16:00

Avast antivirusini kompyuterdan butkul o‘chirishning eng ishonchli yo‘li

Windows foydalanuvchilari keraksiz dasturlarni «Parametri» → «Prilojeniya» yoki «Panel upravleniya» orqali o‘chirib tashlashga odatlanishgan. Lekin bunda ayrim dasturlar oxirigacha o‘chib ketmaydi, ularning qoldiqlari esa keyinchalik xalaqit berishi mumkin.

O‘QING: Antivirusning keragi yo‘q: beshta bepul onlayn skaner

Masalan, Avast oxirigacha o‘chirib tashlanmasa, boshqa antiviruslarning ishlashida muammolar yuzaga keladi. Shu boisdan, mazkur dasturiy ta’minot qoldiqlaridan butkul qutulish uchun maxsus – Avast Clear nomli bepul utilita ishlab chiqilgan va uni mana bu havola orqali yuklab olasiz. Bu ilova Avast Free Antivirus, Avast Ultimate, Avast Premier, Avast Internet Security hamda Avast Pro Antivirus dasturlarini butunlay o‘chirib tashlashga yordam beradi.

Avast rasmiy saytidan Avast Clear utilitasini ko‘chirib olgach, uni ma’mur nomidan ishga tushiring (Zapusk ot imeni administratora). Dastur sizdan kompyuterni xavfsiz rejimga o‘tkazishni so‘raganida, rozilik bering:

Kompyuteringiz o‘chib, xavfsiz rejimda qayta yonganidan so‘ng Avast Clear avtomatik tarzda ishga tushadi. Siz esa unda Avast fayllari joylashgan jild (papka) hamda antivirusning versiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin esa «Udalit» tugmachasini bosasiz.

Avast Clear utilitasi antivirusni to‘liq o‘chirib bo‘lgach, «Perezagruzit kompyuter» tugmachasini bosasiz va u o‘chib, Windows odatiy rejimda yonadi.

Shundayam kompyuteringizda Avast brauzeri hamda antivirus yorliqlari qolishi mumkin ularni boshqaruv paneli orqali o‘chirish oson, asosiysi – Avast brauzeridan butkul qutulasiz.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!