Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi

Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi

Avstraliyalik fotosuratchi Kolin Loui kartoshka ichiga pinxol-kamerani joyladi va mashhur ingliz idiomasini yasadi.

Ingliz tilida «potato quality» (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda «sifatli kartoshka») degan idioma mavjud. U fotografiyada sifati past suratlarga nisbatan ishlatiladi.

Kolin Loui pinxol-kameralar yasash mutaxassisi bo‘lib, uni aynan va kartoshkadan yasashdan maqsad qildi.

Pinxol-kamera yasash uchun Louiga katta kartoshka, tomat pastasining konserva bankasi, muzlatgich uchun magnit, ikkita 35 millimetrli plyonka, izolenta va bir qancha rezinka kerak bo‘ldi.

Pinxolning hajmi 300 mikronni, fokus oralig‘i — 60 millimetrni, apertura esa  f/200ni tashkil etdi. Loui suratga olish uchun shtativdan foydalandi. Bir qancha kadrlar kartoshkada suratga olindi va ular tarmoqda e’lon qilindi.

ChBTgHI1UAIp9zLfnudPLVsEzqWfFhjV

fotos4

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.