Avtonomlik sinovi: 2019 yilning 10 ta arzon va aktual smartfonlari

Avtonomlik sinovi: 2019 yilning 10 ta arzon va aktual smartfonlari

Biz bitta ro‘yxatga arzon qurilmalar segmentining o‘nta yangi vakilini to‘pladik: Xiaomi va Realme'dan tortib Oppo va Huawei'gacha.

Qaysi smartfon foydalanuvchiga uzoqroq xizmat qiladi: Redmi Note 8'mi yoki Realme XT'mi? Shu va boshqa savollarga avtonomiya testimizda javob beramiz. Arzon qurilmalarning ish davomiyligi bo‘yicha eng yaxshi smartfonni tanlaymiz.Shunday qilib, bosh rollarda Realme 5, Realme XT, Realme 5 Pro, Redmi Note 8, Redmi Note 8 Pro, Xiaomi Mi 9 Lite, Oppo A5 (2020), Oppo A9 (2020), Huawei P Smart Pro va Nokia 7.2'lar turibdi. Zaryad olmasdan ishlash sinov muddati davomida smartfonlar 8 bosqichdan o‘tishdi: video va ovoz yozish, video tomosha qilish va ​​o‘yinlar o‘ynash va hokazo.

Sinovdan oldin barcha qurilmalarning displeylari yorqinligi bir xil darajaga keltirildi, avtomatik yorqinlikni boshqarish va simsiz adapterlar aloqasi o‘chirib qo‘yildi. Bir so‘z bilan aytganda, maksimal darajada ob’yektivlikni ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rildi va smartfonlar teng sharoitlarda raqobatlashishdi.

Eng kuchli chidamlilik darajai Realme 5'da kuzatildi, u 5 000 mA/soat quvvatiga ega sinovning boshqa ishtirokchilariga, ya’ni bir xil quvvat manbayiga ega qurilmalarga qaraganda ancha uzoq vaqt ishladi. Qolgan Oppo vakillari esa keyingi o‘rinlarni egallashdi va g‘alaba to‘rtligini Realme XT yakunlab berdi.

Nisbatan yaxshi natijalarni Xiaomi va Redmi oilasi vakillari, shuningdek, boshqa Realme modellari ko‘rsatdi. Huawei P Smart Pro va Nokia 7.2 esa autsayderlar qatorini band qilishdi. Batafsil quyidagi videoda:

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)