Avval O‘zbekiston, endi butun dunyoda! Facebook'ka nima bo‘ldi o‘zi?

Avval O‘zbekiston, endi butun dunyoda! Facebook'ka nima bo‘ldi o‘zi?

"Facebook" chet ellarda ham uzilib-uzilib ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. "Hightech" yozishicha, foydalauvchilar o‘z akkauntlaridan itqitib tashlanyapti va qaytib sahifasiga kira olishmayapti, parollarni tiklash servisi esa ishlamayapti.

«Facebook» faoliyatidan noliganlar asosan Rossiya, Belarus, Litva, Latviya va Estoniyada yashovchilar. Qolaversa, Sharqiy Yevropa va Buyuk Britaniyada ham qisman «ijtimoiy nosozlik» kuzatilgan.

Tarmoqdagi nuqson sabablari odatdagidek noma’lum, kompaniya ham foydalanuvchilariga sharh berishni o‘ziga ravo ko‘rmagan.

Yurtimizdagi barcha internet foydalanuvchilariga yaxshi ma’lumki, ushbu ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolar O‘zbekistonda 16 sentyabr, soat 17:00 lardan boshlangan edi.

O‘QING: O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ning “taqdiri” yana noma’lum!